An-Naima
An-Naima (arabcha: النعيمة), shuningdek, an-Naime yoki Elnayma, Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasi tarkibiga kiradi. Daraadan sharqda joylashgan. Shimoli-gʻarbda Ataman, sharqda esa Saida bilan chegaradosh. Tarixi1596-yilgi Usmoniylar soliq roʻyxatlarida qishloq nomi Nuayma tarzida qoʻllanib, Havron qadasining Butayna nohiyasi tarkibiga kirgan. Aholisi 35 xonadon, 12 boʻydoqdan iborat musulmonlar edi. Aholi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, bugʻdoy, arpa, yozgi ekinlar, echkilar va asalari uyalaridan 40% qatʼiy belgilangan soliq toʻlagan. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan boshqa daromadlardan ham soliq olingan. Umumiy soliq miqdori 15 600 akçeni tashkil etgan[2]. XIX asr boshlarida qishloq butunlay tashlandiq holatga kelgan edi. 1838-yilda Eli Smith ushbu joy Haj yoʻlining gʻarbida joylashgani va vayronaga aylanib qolganini qayd etgan[3]. 1850-yillarda, gʻalla yetishtirish qayta avj olgan paytda, Damashq va Yevropa bozorlarida oʻsib borayotgan talabni qondirish maqsadida qishloqni Daraa shahri aholisi qayta barpo etgan[4]. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda an-Naima aholisi 7 472 kishini tashkil qilgan[1]. ManbalarAdabiyotlar
Havolalar
|